Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Abituriyentlar uchun “Cyber university” davlat universiteti huzuridagi “Cyber Academy” tomonidan tashkil etilayotgan tayyorlov kurslari

man-surrounded-by-smart-students-with-books-looking-camera.webp

        “Cyber university” davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

         Xususan, Universitet qoshidagi “Cyber academy” tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Ushbu kursda abituriyentlar Muhandislik yo‘nalishlari (Matematika, Fizika, Ingliz tili), Yurisprudensiya yo‘nalishi (Huquq, Ingliz tili) va Iqtisodiyot yo‘nalishlari (Matematika, Ingliz tili) bo‘yicha tahsil olish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, test sinovlarda majburiy bo‘lgan “Matematika”, Ona tili, Tarix fanlari ham chuqur o‘qitiladi.

         O‘qish muddati 12 oy, bunda, dastlabki 9 oy online shaklda masofadan o‘qitiladi va so‘ngi 3 oy esa offline shaklda Universitet o‘quv binosida tashkil etiladi. O‘quv kursi online shakli maxsus platformada video darsliklar, o‘quv qo‘llanma va testlar hamda biriktirilgan fan o‘qituvchilari orqali ta’lim jarayonlari olib boriladi. Offline shakli esa Universitet o‘quv auditoriyalarida fan o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.

         Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun 2026-yil 1-iyundan offline shaklda Universitet o‘quv binosida intensiv kurslar tashkil etiladi. 

         O‘quv binosi zamonaviy, jahon talablariga mos jihozlangan. Qolaversa, abituriyentlar Universitet yotoqxonasi bilan to‘liq ta’minlanadi.

         Dars jarayonlari Universitetning yuqori salohiyaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

         Murojaat uchun:

Tel: +99855 8885555 (1029)               

Telegram: @ADMISSION_CU

Cyber University of Uzbekistan