Avval xabar berganimizdek, universitetning rektori Sh. Kayumov boshchiligidagi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurib, AQShning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt hamda axborot texnologiyalari sohalarida qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.