


Ushbu musobaqa, soha xodimlarini jismoniy tarbiyalash va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida 25 yil davomida oʻtkazib kelinayotgan anʼanalarga asoslanib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan alohida ahamiyat kasb etdi. 14-17 noyabr kunlari davom etgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 16 ta terma jamoa (jami 160 nafar IT-soha xodimi) ishtirok etib, oʻz mahoratini namoyish etdi.
Shuningdek, eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi hujumchi va eng faol oʻyinchi nominatsiyalari boʻyicha alohida faxriy diplomlar va sovgʻalar topshirildi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalar va faxriylar faxriy gramotalar bilan taqdirlandi.
Tadbir yakuniy marosimida gʻoliblar va mukofot egalari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan taqdirlandi. Vazir oʻz nutqida musobaqa ishtirokchilarini yuqori natijalari, jamoaviy ruh va sportga boʻlgan fidoyiligi bilan tabriklab, kelgusida bunday tadbirlarni yanada kengroq qamrovda oʻtkazishni va IT-soha xodimlarini sogʻlom turmush tarziga undashni muhim vazifa deb belgiladi. "Sport – bu nafaqat jismoniy baquvvat, balki raqamli Oʻzbekistonning kelajagini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri" – deb taʼkidladilar.

Bu musobaqa soha xodimlari oʻrtasida sport madaniyatini rivojlantirishda yangi bosqich ochdi va kelgusidagi yillarda yanada koʻproq ishtirokchilarni jalb etishga xizmat qiladi.