
Bugun Cyber University davlat universitetida talaba-yoshlar bilan navbatdagi ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Huquq va biznes fakulteti vakillari, jumladan Dilshod Choriyevich ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida talabalarning o‘quv jarayoniga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ularning turli innovatsion g‘oyalari muhokama qilinib, darslarga qatnashuv samaradorligini oshirish va o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir davomida talabalar bilan motivatsion suhbatlar tashkil etilib, yoshlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni faol va tashabbuskor bo‘lishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ochiq, samimiy va interfaol ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil javoblarga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida universitet rahbariyati talabalar faolligini yuksak baholab, bunday uchrashuvlar kelgusida ham muntazam davom ettirilishini ta’kidladi.