Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University talabasi – Investorlar kunida

DY3A3924.

"Investorlar kuni” tadbirida Sun’iy intellektning kiberxavfsizlikdagi o‘rni mavzusida Cyber University davlat universiteti talabasi Isfandiyor Jo‘rayev o‘zining startap g‘oyasi bilan ishtirok etdi.

DY3A3822

"Cyber University mutaxassisi innovatsion loyiha bilan ishtirok etdi”
Davlat yordam dasturlarini, imtiyoz va chegirmalarni soddalashtiruvchi platforma mavzusida Cyber Universityning darsdan tashqari ta’limni tashkil etish bo‘limi mutaxassisi Jamshid Zakiryayev o‘zining taqdimoti bilan ishtirok etdi.

DY3A3931.

Mutaxassisimiz tomonidan taqdim etilgan mazkur loyiha davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonlarini yanada qulay va samarali qilishga qaratilgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Cyber University jamoasi sifatida ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz va uning kelgusidagi loyihalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Talabamiz taqdim etgan innovatsion loyiha tadbirdagi yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, mazmunli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi.

DY3A3822.

Cyber University jamoasi sifatida Isfandiyor Jo‘rayevning ushbu muvaffaqiyatini olqishlaymiz va uning kelgusi izlanishlarida yanada yuksak natijalarga erishishini tilaymiz.