
Bugun Cyber University rektori Sh.Kayumov masofaviy ta'lim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etdi. Uchrashuvda Masofaviy ta'lim bo'limi boshlig'i N.Ibragimova, prorektor A.Abidjanov, shuningdek Cyber akademiya mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida rektor talabalarga universitetning xalqaro sertifikatlash dasturlari va kelajakdagi rivojlanish loyihalari haqida batafsil ma'lumot berdi, shuningdek, universitetning istiqbolli rejalari va talabalar uchun yangi imkoniyatlar haqida so'zlab berdi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi — ochiq muloqot muhitida fikr almashildi.Cyber University o'z talabalari bilan doimiy aloqada bo'lib, ta'lim sifatini oshirish va ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.